Özbekiston Xalq ta'limi vazirligi Uztelecom kompaniyasi bilan hamkorlikda 2019 yilning Prezident maktablariga 22-24 iyul kunlari bölib ötadigan asosiy qabul imtihonlarini real vaqt rejimi(online)da kuzatiş uçun imkoniyat yaratdi.
Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati xabariga köra, asosiy qabul imtihonlarining şaffofligini ta'minlaş maqsadida imtihonlarning video-strimingi taşkil etilmoqda. Barça xohlovçilar kiriş imtihonlari jarayonlarini https://test2019.uz/ havolasi orqali online kuzatişlari mumkin.
Namangan, Nukus, Xorazm va Toşkent şaharlarida qabul imtihonlari ötkazilişi möljallangan binolarda veb-kameralar örnatilgan, ular öz navbatida onlayn tarzda kiriş imtihonlarining barça jarayonlarini körsatadi.
Sahifa TAS-IX hududida joylaşganligi sababli, video oqimining yuklanişdagi tezligini ta'minlaydi. Köpgina internet-provayderlar TAS-IX'dagi trafiklarga haq olmagani uçun, foydalanuvçilarning mablağlari tejaladi.












