Buyuk Britaniyada boş vazirlik uçun saylovlar natijasi e'lon qilindi.

Natijalarga köra, sobiq taşqi işlar vaziri va London şahrining sobiq meri Boris Jonson Birlaşgan Qirollikning 77-boş vaziri etib saylandi. Saylov natijalari jonli efirda e'lon qilindi.

Çorşanba kuni amaldagi boş vazir Tereza Mey vakolatlarini topşirganidan söng Jonson mamlakat boş vaziri böladi. Hukumatning amaldagi boş vazirdan yangisiga rasman topşirilişi Meyning çorşanba kuni parlamentdagi oxirgi sessiyasidan söng bölib ötadi.  

Saylovning oxirgi bosqiçiga Boris Jonsondan taşqari qirollikning amaldagi Taşqi işlar vaziri Jyeremi Hant ham yetib kelgandi. Mamlakatda hukmron hisoblangan konservatorlar partiyasi yetakçiligi uçun saylovlarda Boris Jonsonga partiyaning 92 153 nafar vakili ovoz berdi. Jyeremi Hant esa 46 656ta ovoz töpladi.

Jonsonning boş vazirlikka saylanganini qiroliça Yelizaveta II tasdiqlasa, u yangi lavozimga kirişadi.

«Biz Brexit`ni amalga oşiramiz», dedi Jonson saylovlarda ğolib bölgani e'lon qilingaç.