Navoiy viloyatida qassob ölgan hayvonlar göştini barra göşt körinişida sotgan. Bu haqda “Navoiy-24” xabar berdi.
18 iyulda Boş prokuratura huzuridagi departament xodimlari ölgan hayvonlar göştini sotgan qassob va uning öğlini uşlaşdi. “Uddaburon” ota-bola “Navoiy Agro Myat” xususiy korxonasi yaqinida ölaksa göştni 1,2 mln sömga sotib olmoqçi bölgan vaqtda qölga olingan.
Umumiy hisobda qassobdan 1,7 tonna göşt musodara qilingan. Tekşiruv vaqtida Navoiy viloyati hayvonlar kasalliklari diagnostikasi va oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi markazi xodimi 1 mln sömga qassobga iste'mol uçun yaroqsiz 892 kg göştni sotişga tegişli ruxsatnomani rasmiylaştirib bergani aniqlangan.
Qölga olingan şaxslarga nisbatan Özbekiston Jinoyat kodeksining 209-moddasi (Mansab soxtakorligi) böyiça jinoiy iş qözğatilgan.

















