Sanoatda muhim ahamiyat kasb etuvçi qora va rangli metallning parça va çiqindilari ham öz qiymatini yöqotmaydi.
Respublikamizda rangli metallar çiqindilarining öğirlanişi hamda noqonuniy olib çiqib ketilişining oldini olişda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Rangli va qora metallar parçalari, çiqindilari bilan işlaş tartibini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida”gi 2018 yil 6 iyundagi 425-son Qarori muhim örin egallaydi.
Unga köra, endilikda jismoniy şaxslar ham metall parçalarini erkin narxlarda “Özmetkombinat” va “Özikkilamçiranglimetall” aksionerlik jamiyatlariga topşirişlari mumkin.
Şunga qaramay, tarkibida rangli metallar bölgan mexanizm va agregatlarni talon-toroj qiliş bilan boğliq huquqbuzarlik faktlari hali hanuz uçrab turibdi. Bu haqda Davlat bojxona qömitasi axborot xizmati xabar bermoqda.
Jumladan, Toşkent viloyati bojxona boşqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunçiligi buzilişiga qarşi kuraşiş bölimi xodimlari tomonidan Toşkent şahri Yaşnobod tumani hududida ötkazilgan tezkor tadbir davomida, “Qaşqadaryo-Toşkent” yönalişi böyiça harakatlanayotgan fuqaro S.Z. boşqaruvidagi “Kamaz 53212” rusumli avtotransport vositasi töxtatilib, belgilangan tartibda xolislar iştirokida közdan keçirildi. Natijada, avtomaşina yukxonasida tegişli hujjatlari bölmagan va taxtalar orqasiga berkitilgan 2268,5 kilogramm, umumiy qiymati 36,1 million sömlik rangli metall parçalari yaşirilganligi aniqlandi.
Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekşiruvlari davom ettirilmoqda.












