Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev 31 iyul - 1 avgust kunlari ilk rasmiy taşrif bilan Minskda böladi. Bu haqda Özbekistonning Belarusdagi elçisi Nosirjon Yusupov ma'lum qildi, deya xabar beradi «Belta».
Diplomatning ta'kidlaşiça, hozirgi paytda uşbu tadbirga faol tayyorgarlik körilmoqda.
«Özbekiston rahbarining rasmiy taşrifi arafasida va taşrif vaqtida belaruslik şeriklar bilan birgalikda Minsk şahrida bir qator tadbirlar taşkillaştiramiz. Ular orasida Belarus hamda Özbekiston hududlari forumi, «Özbekistonda işlab çiqarilgan» milliy mahsulotlar körgazmasi, buyuk özbek şoiri Alişer Navoiy byustining oçilişi va Özbekiston madaniyati kunlari bor», - dedi elçi.
Şuningdek, Yusupovning işonç bildirişiça, prezidentning bölajak taşrifi ikki tomonlama hamkorlikni sifat jihatidan yangi, yanada yuqori bosqiçga kötarişga imkon beradi. Kutilişiça, Minskdagi muzokaralarda Toşkentda eng yuqori darajada erişilgan kelişuvlarning natijalari va kelgusidagi ikki tomonlama şartnomalar istiqbollari körib çiqiladi.
Eslatib ötamiz, 29-30 iyul kunlari Minsk şahrida Belarus va Özbekiston hududlarining birinçi forumi bölib ötadi.








