Internet naşrlarda köplab bahs va munozaralarga sabab bölgan, Toşkent şahar, Mirobod tumani Amir Temur köçasi, 45-uy manzilida joylaşgan turar joy binosi madaniyat vazirining 2019 yil 28 iyundagi 400-sonli buyruğiga asosan moddiy madaniy meros obektlari davlat kadastriga mahalliy ahamiyatdagi arxitektura yodgorligi sifatida kiritildi.
Buyruqqa köra, Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri Madaniy meros departamenti Moddiy madaniy merosning köçmas mulk obektlari davlat hisobini yuritiş bölimiga belgilangan tartibda olimlar, ekspertlar va malakali mutaxassislarni jalb etgan holda, mazkur manzildagi obekt haqida ma'lumotlarga, ayniqsa, uning tarixiy-madaniy qiymati haqida qöşimça ma'lumotlar töplaş, çuqur tekşiriş, ilmiy örganiş va boşqa zarur çora-tadbirlarni amalga oşirişni izçil davom ettirişga körsatma bergan.
Madaniyat vazirining buyruği bilan moddiy madaniy meros obektlari davlat kadastriga kiritilgan obekt “Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş töğrisida”gi qonun bilan muhofaza etiladi. Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş töğrisidagi qonun hujjatlarining buzilişida aybdor şaxslar belgilangan tartibda javobgar böladilar.
Toşkent şahar hokimligiga Madaniy meros obektlarini muhofaza qiliş va ulardan foydalaniş ilmiy-işlab çiqariş boş boşqarmasi tomonidan 2019 yil 13 fevraldagi 01-01/137-sonli, Toşkent şahar, Mirobod tumani Amir Temur köçasi, 45-uy manzilida joylaşgan turar joy binosi tarixiy-madaniy qiymatga ega deb topilib, madaniy meros obektlari davlat kadastriga kiritilsa, mazkur obektni qasddan buziş jinoiy javobgarlik keltirib çiqarişi hamda uning atrofidagi şaharsozlik quriliş işlari çeklanişi yuzasidan xat taqdim etilgan.












