Samarqand viloyatida çop etiladigan «Zarafşon» gazetasida va uning Zarnews.uz caytida «Bekatmi yoki dökonmi bu?» sarlavhali maqola e'lon qilingan edi.
Samarqand şahar hokimining örinbosari R. Olimov mazkur maqolaga munosabat bildirib, quyidagilarni ma'lum qilgan:
«Samarqand şahridagi barça bekatlarni xatlovdan ötkaziş va ularda mavjud kamçiliklarni bartaraf qiliş böyiça şahar hokimligining işçi guruhi taşkil etildi.
Şuningdek, şahar hokimligi tomonidan bundan buyon tadbirkorlarga bekat qurişga ruxsat beriş amaliyoti töxtatilib, yangidan taşkil etiladigan bekatlarni şahar hokimligi mahalliy budjeti mablağlari hisobidan taşkil etiş belgilab olindi.
Taşkil etilgan işçi guruh tomonidan şahardagi bekatlarni xatlovdan ötkaziş, aniqlangan kamçiliklarni bartaraf qiliş böyiça amalga oşirilgan işlar haqida tahririyatga qöşimça ma'lumot taqdim etib borilişini ma'lum qilamiz», — deyiladi munosabatda.
Şunisi e'tiborliki, mazkur maqola gazeta sahifasida çop etilgan bölişi mumkin, ammo saytdan uni qidirib topa olmadik. Ya'ni, bekatlarda dökon bölişi qanday salbiy oqibatlar keltirib çiqarayotgani bilan tanişişning iloji bölmadi.
Undan-da xarakterlisi — neça yillardan beri kuzatilmoqdaki, Samarqand şahrida hokim almaşinişi hamono bekatlarga «hujum» boşlanadi. Goh u çet ellardagidek odmigina, şişali va ixçam qilib quriladi, goh kattaroq. Şaharda sobiq hokim F.Rahimov rahbarlik qilgan çoğda juda köp bekatlar tadbirkorlik sub'yektlari tomonidan, ularning öz mablağlari evaziga kiçikroq dökon bilan birga qurilgan edi.
Avval Samarqand şahar prokurori bölib işlagan Boburmirzo Oblaqulov şahar hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlangaç, mana, gazetada çiqqan maqola bahona şahardagi barça bekatlarni xatlovdan ötkaziş va ularda mavjud kamçiliklarni bartaraf qiliş böyiça şahar hokimligining işçi guruhi taşkil etilibdi. Endi yaqindagina barpo etilgan dökonli bekatlarning aksariyati buzib taşlansa — ajablanmaslik kerakka öxşaydi. Çunki buziş uçun mingta sabab topiş mumkin. Hammasi xohişga boğliq.
Şaharda hal qilinişini yillar davomida kutayotgan şunça muammolar mavjud böla turib viloyatning boş naşri şu narsani kötarib çiqqani, hokimlik esa darrov «labbay» deb bekatlar uçun işçi guruhi tuzilişi biroz ajablanarli, albatta.
Lekin tadbirkorlar tomonidan sarflangan mablağlar kompensatsiyasi, dökonidan ayrilsa ular nima iş bilan şuğullanişi ham nazardan qoçirilmasligi kerak. Çunki ular bekatlarni aslo özboşimçalik bilan qurişmagan — şahar hokimligining qaroriga asosan qurişgan. Samarqand şahar hokimligining. Şaharda esa hokimlar bot-bot almaşaveradi, bundan fuqarolar jabr körmasligi kerak. Çunki ular şu yerda muqim yaşaşadi.
Şuhrat Şokirjonov












