Senatning yalpi majlisida Samarqand viloyatining Samarqand tumanini tugatiş, Oqdaryo, Pastdarğom, Toyloq tumanlari va Samarqand şahri çegaralarini özgartiriş töğrisidagi masala muhokama qilindi.
Ta’kidlanişiça, Samarqand şahri hududini kengaytiriş, uning investitsion va turistik jozibadorligini oşiriş, iqtisodiyot tarmoqlarini diversifikatsiya qiliş, yuqori texnologiyali sanoat va zamonaviy xizmat körsatiş sohalarini rivojlantiriş maqsadida Senat qarori loyihasi işlab çiqilgan.
Samarqand şahri tarkibiga 17 226,5 gektar yer maydoni qöşilişi nazarda tutilmoqda. Şuningdek, ma’muriy-hududiy boşqaruvni optimallaştiriş maqsadida Samarqand tumanini tugatiş va 28 295 gektar yer maydonini Toyloq tumaniga ötkaziş rejalaştirilmoqda.
Senatorlar öz çiqişlarida körilayotgan masalaning ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatiga alohida e’tibor qaratdi. Xususan, şahar aholisi soni 880 mingga yetib, “aholisi bir million bölgan şahar” maqomiga yaqinlaşişi, yangi yer maydonlarida kiçik sanoat zonalari, texnoparklar va yuqori texnologiyali korxonalar taşkil etilişi, xizmat körsatiş, turizm va quriliş sohalarida minglab yangi iş örinlari yaratilişi qayd etildi.
Ayniqsa, qişloq xöjaligi yerlarini saqlab qoliş va ekologik muvozanatni ta’minlaş masalasiga alohida urğu berildi. Ötkazilayotgan 6 263 gektar yer maydonining toifalari özgartirilmasdan saqlanmoqda.
Muhokamalardan söng Senatning tegişli qarori qabul qilindi.












