Prezident Şavkat Mirziyoyev Samarqand viloyatiga taşrifi davomida Qoradaryo ustidan ötuvçi köprik qurilişi jarayoni bilan tanişdi.
Qayd etilişiça, uşbu yirik inşoot transport oqimini samarali taşkil etiş, harakat xavfsizligini taʼminlaş va tirbandliklarni kamaytirişga qaratilgan. U yangi barpo etilayotgan “Şirin” massivini Samarqand şahri hamda xalqaro aeroport bilan boğlaydi.
Loyiha qiymati 310 milliard söm bölgan köprikning uzunligi 780 metr, kengligi 29,8 metr, balandligi esa 2 metrni taşkil etadi. Qatnov qismi 4 tasma, kuniga 25 mingtagaça transport vositasini ötkaziş quvvatiga ega böladi.
Yangi obyekt foydalanişga topşirilgaç, Şirin şaharçasidan markazgaça bölgan masofa 23 kilometrdan 4 kilometrga, yölga ketadigan vaqt esa 30 daqiqaga qisqaradi.
Davlat rahbariga loyihaning texnik yeçimlari va transport oqimini boşqariş imkoniyatlari haqida axborot berildi.
Şu yerda faollar bilan suhbat böldi.
– 2016-yilda Özbekistonga bor-yöği 1 million 200 ming turist kelardi. Hozir Samarqandning öziga bir yilda 5 million sayyoh taşrif buyurdi. Qaçon biz bunday natijalarni tasavvur qilardik? Albatta, bugun dunyo raqobat asosida rivojlanyapti. Biz ham bu raqobatda öz örnimizni mustahkamlaşimiz kerak.
Loyihalarni töğri işlab çiqsak, logistikani oqilona taşkil etsak, xarajatlarni qisqartiramiz, odamlarimizning uzoğini yaqin qilamiz. Axir bu şahar odamlar uçun-ku!
Mana şu köprik mening orzularimdan biri edi. Bugun bu orzu röyobga çiqdi, – dedi prezident.
Şavkat Mirziyoyev şahar odamlar uçun xizmat qilişi kerakligi haqidagi fikrini davom ettirib, har bir insonning xalq va yurt oldidagi masʼuliyatiga töxtaldi.
– Men keçagi nutqimda ham “öz”, “özimiz”, “özligimiz”, “özimizniki” degan sözlarga qayta-qayta urğu berdim. “Men özbekistonlikman, xalqim uçun harakat qilaman, xalqim uçun öqiyman, ertangi kunim uçun izlanaman” degan ğoyalar ruhida yaşaşimiz kerak.








