Bill Geyts qisqa tanaffusdan söng dunyoning eng boy kişilari röyxatidagi ikkinçi öringa qaytdi. Louis Vuitton egasi Bernar Arno bir neça kun ikkinçi örinni egallab turdi.
Louis Vuitton va Moet & Chandon kabi brendlar egasi bölgan Arnoning boyligi 100,7 mlrd dollargaça qisqardi – bu bir hafta avvalgiga nisbatan 2,5 mlrd dollarga kamdir. Geytsning boyligi esa ötgan haftadagi 102,9 mlrd dollardan 104 mlrd dollarga yetdi. Bunga Microsoft aksiyalari narxining ösişi sabab böldi.
Dunyoning eng boy kişisi Jyeff Bezosni quvib ötiş uçun Geyts ham, Arno ham ança ter tökişlariga töğri keladi. Bezosning boyligi 162,9 mlrd dollar atrofida. U sobiq rafiqasi Makkenzi Bezosga Amazon kompaniyasidagi uluşining çorak qismini bermoqçi ekanligini aytdi. Hattoki bu uluşini berganidan keyin ham uning boyligi Geytsnikidan 20 mlrd dollarga köproq böladi.












