Braziliyaning San Paolo şahri xalqaro aeroportida qariyb 30 mln AQŞ dollari miqdorida bölgan oltinni kunduzi öğirlab ketişda gumondorlarning biri qölga olindi. 25 iyul kungi hodisaga aloqador yana bir kişi hamon qidirilmoqda, deya xabar qilmoqda Reuters agentligi Braziliya politsiyasiga tayangan holda.
Hozirça, Guarulhos xalqaro aeroportining yuk terminalidan 718,9 kg oltinni öğirlaşdagi gumondorlarning ism-şarifini oşkor qilgani yöq.
Oltinni aeroportga yetkazib berişga mas'ul bölgan Brink’s Co xavfsizlik firmasi, uşbu voqeadan keyin bergan bayonotida ta'kidlaganidek, u yukni yetkazib beriş vazifasini tamomlagani hamda öğirlik sodir etilgan vaqtda oltinlar aviakompaniya ixtiyorida bölgan.
Umuman, politsiya mahkamasi öğirlikda 40 mln dollarlik 750 kg oltin va boşqa qimmatbaho metallar olib ketilganini taxmin qilmoqda.












