Iqtisodiyot | 11:05 / 29.07.2019
16317
1 daqiqa o‘qiladi

Dollarning rasmiy kursi 8700 so‘mlik nuqtaga yaqinlashmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 30 iyuldan xorijiy valutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

Unga ko‘ra, 1 AQSh dollari o‘tgan haftadagi kursga nisbatan 42,20 so‘mga ko‘tarilgan va 1 dollar 8666,71 so‘mga yetgan.

1 yevro kursi 34,99 so‘mga tushib, 9641,71 so‘mni tashkil etgan.

1 rubl esa 0,29 so‘mga arzonlashib, 136,63 so‘mga teng bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, valuta qiymatini belgilash chog‘ida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur valutalarni ushbu qiymatda sotish yoki sotib olish majburiyatini olmagan.

Mavzuga oid