Maşhur boksçimiz, Rio - 2016 olimpiadasi çempioni, köplab xalqaro musobaqalar ğolibi va sovrindori Hasanboy Dösmatov professional boksga ötadigan böldi.

26 yoşli boksçimiz ertaga uçib ketişi kutilayotgan Los-Andjyeles safari oldidan KUN.UZ sayti öquvçilari uçun öz rejalari bilan örtoqlaşdi.

  “Menimça, endi özimni professional boksda sinab köriş vaqti keldi. Ertaga Amerikaga uçib ketaman. Şuni aytib ötişim joiz, hali okean ortida qaysi promouterlik kompaniyasi bilan şuğullanişimni tanlaganimça yöq. Şahram Ğiyosov, Murodjon Ahmadaliyev, Isroil Madrimov faoliyat yuritayotgan “Mir boksa” promouterlik kompaniyasi yoki Entoni Joşua qatnaşuvçi “Matchroom Boxing” promouterlik kompaniyalaridan biri bilan şartnoma imzolaşim közda tutilgan.

Barçaga ma'lum hozir boksçi bir vaqtni özida professional va havaskor boks musobaqalarida iştirok etiş imkoniyatiga ega.

Şuning uçun 2020 yilgi Tokio Olimpiadasida qatnaşişni maqsad qilgan holda, professional ringda ham kamarlarni qölga kiritmoqçiman. Amerikaga yetib borib, şuğullanib, Özbekistonga bir-ikkita jang ötkazgaç qaytişni niyat qildim. Bu men uçun Tokio olimpiadasiga ham yaxşi tayyorgarlik böladi. Ringga doimgidek, 49 kg. vazn toifasida çiqişni rejalaştiryapman. Niyatlarim aniq, har qanday jangda ğalaba qozoniş”, deydi Hasanboy Dösmatov.

                                               Elmurod Ermatov suhbatlaşdi