Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portalida “Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun loyihasi e'lon qilindi.
Özbekiston Respublikasining 2013 yil 26 dekabrda qabul qilingan ÖRQ-360-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Özbekiston Respublikasining Budjet kodeksiga quyidagi özgartirişlar va qöşimçalar kiritiladi:
quyidagi mazmundagi 156-1-modda bilan töldiriladi:
“156-1-modda. Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan çiqariladigan munitsipial obligatsiyalar.
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari munitsipial obligatsiyalar çiqaradi. Munitsipial obligatsiyalarini çiqariş va ularning çeklangan hajmi töğrisidagi qaror belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Özbekiston Respublikasi Markaziy banki:
Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari tomonidan emissiya qilingan munitsipial obligatsiyalarni joylaştirişda;
munitsipial obligatsiyalari böyiça qiymatni, foizlarni va boşqa tölovlarni tölaşda;
çiqarilgan va joylaştirilgan munitsipial obligatsiyalarning hisobini yuritişda;
munitsipial obligatsiyalari böyiça boşqa operatsiyalarni amalga oşirişda fiskal agent sifatida iştirok etişi mumkin.
Munitsipial obligatsiyalarini çiqarişdan olingan tuşumlar:
mahalliy budjetlar taqçilligini qoplaş uçun;
hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanişi böyiça çora-tadbirlar, tegişli Xalq deputatlari Kengaşlari tomonidan tasdiqlanadigan, Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar Hokimlari qarorlari bilan belgilanadigan yirik investitsiya loyihalari va boşqa çora-tadbirlarni amalga oşiriş uçun yönaltiriladi”.












