Bugun, 29 iyul kuni Oliy öquv yurtlariga kiriş imtihonlari boşlandi. KUN.UZ muxbirlari imtihon jarayonlarini kuzatiş maqsadida jarayonlar bölib ötgan joylarga borişdi. Imtihonlar 2 smenada bölib ötmoqda. Birinçi smena 8.00 dan 11.00 gaça, ikkinçi smenada esa 15.00 dan 18.00 ga qadar davom etadi.

Dastlab, ijodiy guruh Xalq iste'mol tovarlarining körgazma yarmarka savdosi Respublika markazida böldi. Bu yerda abituriyentlar texnika yönalişi böyiça kiriş imtihonlarini topşirişayotgan edi. Ma'lum bölişiça, 1320 nafar abituriyentdan 56 nafari imtihonda qatnaşmagan, 2 nafar abituriyent qoidani buzganligi uçun çetlaştirilgan. 44 ta guruhga bölingan abituriyentlarga jami 88 nafar nazoratçi xodim biriktirilgan.

Ayni şu vaqtda saytimizning yana bir ijodiy guruhi Mirzo Uluğbek tumani, Niyozbek köçasida joylaşgan Oliy öquv yurtlararo sport majmuasiga – imtihonlar ötayotgan hududga bordi. Eşik oldida köplab abituriyentlar navbat kutib turişardi. Har biri birma-bir tekşirilayotganiga guvohi böldik. Oliygohda tahsil olişni xohlovçi abituriyentlar miqdori taxmin qilganimizdanda köp ekan. Jurnalistlar uçun davlat test markazi tomonidan imtihon boşlanganidan ikki soat ötib ruxsat berilişi ma'lum böldi. Eşik oldidagi holatlarni kameralarga muhrladik va biz uçun ajratilgan vaqtda bino içiga kirdik.

Zalda imtihon topşirayotgan köplab yoşlardan taşqari, böşab qolgan stullar ham köp edi. Biz imtihon ötkazilayotgan zaldan taşqari muhrlangan xonalar, alohida kameralar orqali kuzatuvçi mutaxassislar xonalarini ham kirib kördik.

Imtihonlarning birinçi kuni, imtihondagi nazorat haqida bino nazoratçilari rahbari, Davlat test markazi xodimi Abulniyozova Aqida ma'lumot berib ötdi.

«Bu yerda matematika, fizika, ona tili va adabiyoti yönalişi böyiça abituriyentlar imtihon topşirişmoqda. Bugun 900 nafar iştirokçi qatnaşmoqda. 22 nafar abituriyent qatnaşmadi. 2 nafari birovning örniga kirganligi aniqlandi. Ular ikki joydagi tekşiruv vositalarimizda aniqlanmadi. Biroq barmoq izlaridan ma'lum böldi. Bino ikkita oddiy kamera, ikkita onlayn-kameralar kuzatuvi ostida. Onlayn-kameralardagi videoyozuvlarni test2019.uz sayti orqali töğridan-töğri köriş mumkin. Har bir guruhda ikkitadan nazorat qiluvçi xodim mavjud. Şunga qaramasdan, abituriyentlar tomonidan uyali aloqa vositasidan foydalaniş holati kuzatildi va imtihondan çetlaştirildi. «Şpargalka»lar topilmadi. Agar abituriyent binoga olib kirsa ham, undan foydalanişga imkoniyat yöq», - deydi davlat test markazi vakili.

Bakalavriat bosqiçining kunduzgi, sirtqi va keçki şakli uçun test sinovlari 10 avgustgaça ötkaziladi.