Joriy yilning may oylarida Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Toşkent viloyat hududiy boşqarmasi vakillari tomonidan «Torimed Pharm» (Galaxy) MÇJni («Dentafill Plus» MÇJ) komissiya qarori bilan insofsiz raqobatçi deb topgan edi.

Komissiya qaroriga binoan, «Torimed Pharm» MÇJ «Raqobat töğrisida»gi qonunning 13-moddasini buzgan, ya'ni «Colgate-Palmolive» (Colgate) kompaniyasining tovar belgisini takrorlagan va boşqa qonunbuzarliklarni amalga oşirgan, deya vajlar keltirilgan edi.

Bugun, 31 iyul kuni Toşkent şahar Yunusobod tuman ma'muriy sudida birinçi instansiya sudi uşbu iş körilişini öz nihoyasiga yetkazdi. Sud majlisida taraflar örtasida muhokamalar bölib ötdi. Sud muhokamasi tortişuvlarga boy ötdi.

Taraflar muzokarasi davomida öz vajlarini yana bir qöllab-quvvatlaşlarini ta'kidlaşdi. Şundan söng, sud maslahatga kirib ketdi.

Maslahatdan söng, sud qarori öqib eşittirildi. Unga köra, sud arizaçi MÇJning şikoyatini qisman qanoatlantirişni lozim topdi. Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Toşkent viloyati hududiy boşqarmasi maxsus komissiyasi a'zolarining (mansabdor şaxslari) xatti-harakatlari qonunga xilof deb topildi. Buning natijasida Özbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarşi kuraşiş qömitasi Toşkent viloyati hududiy boşqarmasi maxsus komissiyasining 2019 yil 1 may kunidagi № 09/09-sonli qarori haqiqiy emas deya ta'kidlandi.

Sud majlisida raislik etuvçi tomonidan 20 kun içida apellyatsiya şikoyati berilişi yoki protest keltiriş masalasi tuşuntirib ötildi.