Joriy yilning 30 iyul kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasida Fan, ta'lim, madaniyat va sport masalalari qömitasi hamda Innovatsion rivojlaniş, axborot siyosati va axborot texnologiyalari masalalari qömitasi tomonidan Vazirlar Mahkamasining 2017-2021 yillarda Özbekiston Respublikasini rivojlantirişning beşta ustuvor yönalişi böyiça Harakatlar strategiyasini “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlaniş yili”da amalga oşirişga oid Davlat dasturining 2019 yil I yarim yilligida bajarilişining borişi töğrisidagi hisoboti dastlabki tarzda körib çiqildi.

Tahlillarga köra, 2019 yilning birinçi yarim yilligida mamlakatda yalpi içki mahsulot ötgan yilning tegişli davriga nisbatan 5,8 foizga ösgan. Mamlakatda yaratilgan qulay investitsiya muhit natijasida asosiy kapitalga özlaştirilgan investitsiyalar hajmining 1,6 baravarga, quriliş işlari hajmining 20,0 foizga ösişi, iqtisodiyotdagi yalpi qöşilgan qiymat tarkibida ötgan yilning mos davriga nisbatan sanoat uluşining 30,3 foizga oşişi hisobiga iqtisodiyot tarkibida sifat özgarişlari kuzatildi.
Bugungi kunda mamlakatda davlat-xususiy şeriklik şakllarini joriy etiş orqali nodavlat ta'lim sektorini rivojlantirişga hamda rivojlangan davlatlar tajribasi asosida ta'lim-tarbiya sifati va samaradorligini oşirişga alohida e'tibor qaratilmoqda. Ayniqsa, maktabgaça ta'lim sohasida hisobot davrida 50 920 quvvatga ega nodavlat maktabgaça ta'lim muassasalarini taşkil etiş uçun davlat-xususiy şeriklik bitimlari imzolangani deputatlar tomonidan ijobiy baholandi. Natijada respublikada maktabgaça ta'lim muassasalari soni 9 774 tani taşkil etib, 2 632 ming nafar maktabgaça yoşdagi bolalarning 1 066 353 nafarini (40,5 foiz) maktabgaça ta'lim bilan qamrab olişga erişilgan.
2019 yilda xalq ta'limi tizimiga Davlat budjetidan 16,4 trln. söm mablağ ajratilib, mazkur mablağlar tizim xodimlarining iş haqiga, ular mehnatini qöllab-quvvatlaş va rağbatlantirişga, ta'lim muassasalarining qurilişi, ta'mirlanişi va rekonstruksiyasiga, moddiy-texnika bazasini mustahkamlaşga yönaltirilgan. Jumladan, 10-11 sinflar uçun 18,7 mln. nusxada kitob çop etilgan, 33 yangi maktab qurilib, 623 tasi rekonstruksiya qilingan.
Joriy yilda yoşlarning oliy ta'lim tizimida tahsil oliş uçun teng imkoniyat yaratişga qaratilgan işlar kuçaytirildi. Iqtisodiyot tarmoqlari uçun ilğor xorijiy tajribalar asosida yuqori malakali kadrlar tayyorlaş maqsadida joriy yilning I yarmida xorijiy davlatlar yetakçi oliy ta'lim muassasalarining 9 ta filiali, mahalliy oliy ta'lim muassasalarining 6 ta filiali taşkil etildi, 28 ta ta'lim yönalişida 1025 nafar talaba qabul qilinişi belgilanib, 900 dan ortiq yangi iş örinlari yaratildi. Oliy ta'lim muassasalari uçun qabul kvotasi ötgan yilga nisbatan 20 foizga oşirildi.
Şuningdek, jismoniy tarbiya va sport sohasini rivojlantirişga ham e'tibor qaratildi. Respublikada bolalar va ösmirlar sport maktablarini taşkil etiş, sport inşootlarini quriş, rekonstruksiya qiliş va doimiy jihozlaş böyiça 2020-2024 yillarga möljallangan Davlat dasturi işlab çiqildi.
Hisobot davrida turizm sohasida qöyilgan vazifalarning ijrosini ta'minlaşga qaratilgan keng kölamdagi işlar amalga oşirilib, bu borada ham, ijobiy natijalarga erişilgan. Jumladan, mamlakatimizga 3 mln. nafardan ortiq xorijiy sayyoh taşrif buyurgan. Bu körsatkiç ötgan yilning şu davriga nisbatan 31 foizga köp. Uşbu ijobiy körsatkiçlarga erişişda turizmning sohasining normativ-huquqiy asoslarining takomillaştirilgani va Özbekiston Respublikasining “Turizm töğrisida”gi qonuni qabul qilinganini ta'kidlaş lozim.
Yiğilişda, şuningdek, Davlat dasturidagi IT–loyihalarni amalga oşiriş bilan boğliq bandlarining tizimli monitoringini olib boriş asosiy vazifalari bölgan hamkorlikdagi (parlament va Vazirlar Mahkamasi örtasida) işçi guruh taşkil etilgani qayd etildi. Davlat dasturi monitoringi doirasida IT–yönalişidagi 20 ta loyiha ajratib olinib, ularning har biri böyiça tahliliy va statistik ma'lumotlar töplandi, bundan taşqari, ularga mas'ul organlarning taqdimotlari ötkazildi. Joylarga çiqilib, mazkur loyihalar amalga oşirilişi bilan bevosita tanişildi hamda ekspert baholaş ötkazildi. Uşbu tadbirlar Davlat dasturida belgilangan vazifalarni yakunlaş imkonini berişi bilan birgalikda, öz yeçimini kutayotgan bir qator muammo va kamçiliklarga e'tibor qaratiş lozimligini körsatdi. Jumladan, IT–loyihalarni amalga oşiriş böyiça rejali, kelişuv va ekspert hujjatlarining töliq emasligi ta'kidlandi.
Davlat dasturining 29-bandiga asosan, aholiga bepul huquqiy yordam körsatiş maqsadida Advice.uz bepul interaktiv axborot portali faoliyati yölga qöyilgani ijobiy baholandi.
Axborot-telekommunikatsiya sohasida respublika hududlarida 6 ming kilometr optik tolali aloqa liniyalari tortilib, ularning umumiy uzunligi 32,6 ming kilometrga yetkazildi. Mobil aloqani rivojlantiriş maqsadida 800 ta baza stansiyasi örnatilib, keng polosali mobil internet tarmoği qamrovi darajasi 50 foizga yetkazildi, uşbu yönalişga 34,4 mln. dollar miqdorida töğridan-töğri xorijiy investitsiyalar jalb qilindi.
2019 yilning 1-yarim yilligida axborot texnologiyalari sohasini rivojlantiriş uçun amalga oşirilayotgan investitsiya loyihalari doirasida jami 49,1 mln. dollar miqdorida mablağlar özlaştirilib, reja körsatkiçi 118 foizga bajarilgan.











