Qozoğiston prezidenti Qosim-Jomart Töqayev Çimkent hokimi Gabidulla Abdraximovni lavozimidan ozod qildi.
Abdraximov 2018 yilda Çimkent şahri hokimi lavozimiga tayinlangandi. U ötgan haftada özining Instagram sahifasida Londonda tuşgan videolavhasini joylagan, obunaçalariga salom yöllab Qozoğistonni yaxşi körişini aytgandi.
Videorolik ijtimoiy tarmoqlarda keskin fikrlarga sabab böldi, ayrim foydalanuvçilar Abdraximovni maqtançoqlikda aybladi.
Qozoğiston prezidenti ma'muriyati rahbari Qrimbek Kuşerbayevning sözlariga köra, Abdraximov öziga bildirilgan işonçni oqlamagan.
"Davlat rahbari Qosim-Jomart Töqayev ta'kidlaganidek, hozirda eng asosiysi – bu xalq va hokimiyat örtasidagi muloqot. Gabidulla Abdraximov mamlakatimiz rahbariyatining qöllab-quvvatlovi va işonçini olgandi. Afsuski, u buni yetarliça anglab yetmadi", - deya Kuşerbayevning sözlaridan iqtibos keltiradi Tengrinews.kz agentligi.
Kuşerbayevning ta'kidlaşiça, rahbarlar haqiqiy xalq xizmatçisi bölişi va özlarini şunga mos tutişlari lozim.












