Özbekiston va Belarus rahbarlari muzokaralarni ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari iştirokida kengaytirilgan tarkibda davom ettirdi.
Uçraşuvda savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, sanoat kooperatsiyasi va hududlararo hamkorlikni rivojlantiriş masalalariga alohida e'tibor qaratildi.
Prezident Şavkat Mirziyoyev keyingi ikki yilda tovar ayirboşlaş hajmi qariyb tört barobar oşgani, bu sur'atni saqlab, savdo aylanmasini yanada kengaytiriş kerakligini ta'kidladi.

Buning uçun mahsulot yetkazib beruvçilar örtasida töğridan-töğri aloqalarni yölga qöyiş, biznes-forum va körgazmalarni muntazam taşkil etib, mavjud zaxiralarni imkon qadar işga soliş va özaro manfaatli hamkorlikning barça yönalişlarini qamrab oliş muhimligi qayd etildi.
– Ikki tomonlama hamkorlik böyiça hukumatlararo komissiya savdo oqimlarini çuqur tahlil qilib, nimalar hisobidan tovar ayirboşlaş hajmini jadal oşiriş böyiça aniq takliflar işlab çiqişi kerak, – dedi Şavkat Mirziyoyev.

Aleksandr Lukaşenko Belarus va Özbekiston hamkorligi şunçaki döstona munosabatlar bilan çeklanmaganini ta'kidladi. Davlatimiz rahbari taşrifining köp qirrali dasturi muloqotni har tomonlama rivojlantirişga özaro intiliş mavjud ekanining yorqin tasdiğidir.
- Özbekiston iqtisodiyotni diversifikatsiya qilişda katta yutuqlarga erişdi, avtomobilsozlik, neft va gaz kimyo sanoati, qişloq xöjaligi texnikasi işlab çiqariş kabi yangi tarmoqlar taşkil etildi. Belarus qöşma investitsiya loyihalarini amalga oşiriş orqali Özbekiston bilan iqtisodiy hamkorlikni kengaytirişga tayyor, - dedi Aleksandr Lukaşenko.

Belarus uzoq muddatli hamkorlik dasturini amalga oşiriş, qöşma korxona va servis markazlarini taşkil etiş, sutni qayta işlaş zamonaviy majmualari, farmatsevtika quvvatlarini işga tuşiriş, axborot texnologiyalari sohasida şeriklikni mustahkamlaşdan manfaatdor ekani qayd etildi.
Tomonlar ikki mamlakatning yirik sanoat korxonalari örtasida kooperatsiyani rivojlantiriş muhimligini ta'kidladi. Tajriba va texnologiyalar almaşiş orqali raqobatbardoş mahsulotlar işlab çiqariş, ular bilan ham içki, ham uçinçi davlatlar bozorini ta'minlaş istiqbollari muhokama qilindi. Qişloq xöjaligi, maşinasozlik, töqimaçilik, çarm-teri va oziq-ovqat sanoati, farmatsevtika va boşqa istiqbolli yönalişlarda kooperatsiyani kuçaytiriş ham ustuvor ahamiyatga ega ekani ta'kidlandi.

Şavkat Mirziyoyev va Aleksandr Lukaşenko ikki mamlakat hududlarida mavjud salohiyatni töla yuzaga çiqariş muhimligini ta'kidladilar. Özbekiston Prezidentining taşrifi arafasida Minskda ötgan forumda tomonlarning hamkorlikka intilişi qat'iyligi, özaro manfaatli loyihalar köpligi namoyon böldi.
Ilm-fan, raqamli texnologiyalar, ta'lim, madaniyat, turizm sohalaridagi hamkorlikni rivojlantiriş böyiça ham kelişuvlarga erişildi.
Muzokaralar yakunida qabul qilingan qarorlar va imzolangan bitimlarni amalga oşiriş böyiça qöşma "yöl xaritasi"ni işlab çiqiş va qabul qilişga kelişib olindi.











