Aleksandr Lukaşenko 11-sentabr kuni Brest viloyatidagi «Obuz-Lesnovskiy» umumqöşin poligonida jurnalistlar bilan muloqot çoğida armiyadagi tekşiruvlar haqida gapirdi. Uning sözlarini BelTA davlat agentligi keltirgan.
Lukaşenkoning aytişiça, Belarus Qurolli kuçlarining barça bölinmalari bosqiçma-bosqiç tekşiriladi va jarayon safarbarlik tayyorgarligigaça yetib boradi.
«Men avval ham oddiy qilib aytganman: armiyani silkitiş kerak, vaqti keldi. Butun armiyani. Hammani, hatto safarbarlikkaça tekşiramiz», - dedi u.
Belarus rahbarining maʼlum qilişiça, tank va motöqçi bölinmalarda tekşiruvlar allaqaçon ötkazilgan. Ayni paytda artilleriya brigadasida şunday tadbirlar davom etmoqda.
«Uruş bölmasligi uçun uruşga tayyorgarlik köryapmiz», - dedi Lukaşenko.
U barça Qurolli kuçlar tekşiruvdan ötkazilişini taʼkidlab, harbiy tayyorgarlik şaroitlari imkon qadar haqiqiy jang holatiga yaqinlaştirilişi kerakligini aytdi.
Lukaşenko bu yondaşuvni Rossiya rasmiylari «maxsus harbiy operatsiya» deb ataydigan Ukrainadagi uruşdan çiqarilgan saboqlar bilan izohladi.
«Hammasi xuddi jangdagidek bölişi kerak. Qöşinlarimizni şunday tayyorlaş zarur. Bu - maxsus harbiy operatsiya saboqlari. Şuning uçun butun Qurolli kuçlarni silkitamiz», - dedi u.
Lukaşenkoning öğli ham armiyada xizmat qilmoqda
Lukaşenko suhbat davomida 22 yoşli kiçik öğli Nikolay armiyada xizmat qilayotganini ham maʼlum qildi.
Nikolay Lukaşenko yozda Pekin universiteti va Belarus davlat universitetining «Biotexnologiya» qöşma dasturi böyiça diplom olgan.
Lukaşenkoning sözlariga köra, uning öğli boşqalar qatori harbiy xizmatga çaqirilgan va hozir leytenant sifatida xizmat qilmoqda.
«Hatto heç kim bilmasdi. Viktor [mudofaa vaziri Viktor Xrenin] çaqirdi. Armiyada hamma qatori xizmat qilyapti. Leytenant. Qayerdaligini aytmayman, ammo eng murakkab bölinmada», - dedi Lukaşenko.
Uning qöşimça qilişiça, Nikolay xizmatdan böş vaqtida biotexnologiya sohasidagi öqişlarini ham davom ettirmoqda.

















