1 avgust kuni «Avtotest»ning yuridik şaxslar haydovçilarini qayta tayyorlaş va ularga malaka sertifikatini beriş faoliyatini töxtatgani haqidagi bayonoti e'lon qilindi.

Tabiiyki, aholi örtasida malaka sertifikati olmagan yuridik şaxslar haydovçilari uçun belgilangan hamda qonunga muvofiq joriy yil 3 avgustidan kuçga kiradigan jarima (eng kam iş haqining bir baravari miqdorda) bekor qilinişi yoki muddati uzaytirilişi mumkinmi, degan savollar paydo bölmoqda.

Kun.uz uşbu masalaga aniqlik kiritişga harakat qildi.

Hukumatdagi manbalarimiz orqali olingan ma'lumotlarga köra, yuridik şaxslarning transport vositalari haydovçilarining malaka oşirişdan ötgani töğrisidagi sertifikati mavjud bölmaganda qöllanadigan ma'muriy jarima Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeks (135-modda)da qat'iy belgilab qöyilgan va u özgarmaydi. Çunki mazkur qoida Vazirlar Mahkamasi qarori bilan emas, balki davlat rahbari tomonidan imzolangan Qonunga muvofiq örnatilgan. 

Demak, 3 avgustdan boşlab uşbu turdagi huquqbuzarlik uçun ma'muriy jarima qöllana boşlaydi.

Ta'kidlaş joizki, Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 23 fevraldagi 139-sonli qaroriga köra, 2018 yil 1 iyundan boşlab maxsus litsenziyaga ega bölgan istalgan davlat hamda nodavlat ta'lim muassasalari ham haydovçilar malakasini oşiriş faoliyati bilan şuğullanişlari mumkin. Bundan tuşuniş mumkinki, «Avtotest» bu faoliyat bilan şuğullanmasa ham boşqa şu toifadagi xizmatlarni körsatuvçi yuridik şaxs belgilangan tartibda litsenziya olib, bemalol haydovçilar malakasini oşiriş faoliyati bilan şuğullanişi mumkin. 

Manbalarga köra, hozirda Toşkent avtomobil yöllari instituti ham şu yönalişga ixtisoslaşgan kurslar taşkil qilingan va haydovçilar bemalol uşbu ta'lim dargohida malaka oşirib, tegişli sertifikatga ega bölişlari mumkin ekan.