Bugun, 1 avgust kuni Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligida Moliya vazirligi, Energetika vazirligi, "Öztransgaz" AJ va "Özbekenergo" AJ mutasaddilari iştirokida matbuot anjumani bölib ötdi.
Tadbirda köpçilik kutganidek asosiy mavzu energoresurslar narxlarining oşirilişi böldi. Unda iştirok etgan Kun.uz muxbiri “narxlarning oşirilişida nega mutanosiblikka e’tibor berilmagan? Masalan, gaz narxi elektr energiyasiga nisbatan köproq oşirilgan. Holbuki elektr energiyasi işlab çiqarişda eng katta xarajat gaz ekanligi ma’lum. Bu “Özbekenergo”ning “Öztransgaz” oldidagi qarzdorligi oşib ketişiga olib kelmaydimi? Bizdagi ma’lumotlarga qaraganda yaqinda ham foyda bilan yurgan “Özbekenergo” “Öztransgaz” oldida 1 trln sömdan köproq qarz bölib qolgan, şu masalaga ham izoh bersangiz” degan savoliga Jamşid Qöçqorov:
- “Özbekenergo” foydada yurgandi, degan gapga qöşilmayman, foydada bölganda investitsion loyihalar uçun bizdan pul sörab yurmasdi. Endi bevosita qarzdorlikka kelsak, ma’lum bölişiça, “Özbekenergo” “Öztransgaz”dan ayni paytda 1 trln 350 mlrd söm qarzdor. Şu bilan birga har oy 1 trln sömlik mahsulot xarid qiladi. Demak 40 kunlik mahsulotga qarz, bu taşkilotlar örtasida böladigan holat, - deb javob berdi.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 30 iyul kuni «Yoqilği-energetika resurslarining narxlari va tariflarni özgartiriş töğrisida»gi №633-sonli qarori imzolangan va unga köra barça energoresurslar narxi turli darajada oşirilgan.








