29 iyul kuni birinçi marotaba Mudofaa vazirligiga qaraşli okruglar içida Markaziy harbiy okrugi naşri – «Sarhad» harbiy gazetasining ilk soni çop etildi. Bu haqda Markaziy harbiy okrug matbuot xizmati ma'lum qildi.

Harbiy gazetani ilk naşrida Mudofaa sohasidagi oçiqlik siyosati yaqqol közga taşlanadi. Gazetaning 1-2-sahifasida Mudofaa vaziri, harbiy okrug qöşinlari qömondoni va uning örinbosarlari haqidagi biografik ma'lumotlar keltirilgan. Şu bilan birga, 8-sahifani öz içiga olgan gazetada qonunçilikdagi özgarişlar, Markaziy harbiy okrug hududi, taşkil topgan sana va vazifalari, Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatlaridagi harbiy qismlarda ötkazilgan turli xil tadbirlar, bolajonlar uçun qiziqarli öyinlar, namunali harbiylarning hayoti haqida hikoya qilinadi.

Mazkur harbiy gazeta Markaziy harbiy okrug qöşinlari qömondoni polkovnik Aybek Saidov hamda «Sarhad MÇJ» direktori – «Sarhad» gazetasi boş muharriri Alibek Ergaşev tomonidan imzolangan memorandum asosida naşrga tayyorlanyapti. Şartnomaga köra, tez fursatda 1500 nusxada çop etilayotgan gazeta faoliyati butunlay harbiy okrug tasarrufiga ötkazilişi közda tutilgan.
Harbiy naşrni dastlabki soni okrug Matbuot xizmati tomonidan tayyorlangan materiallar asosida sahifalandi. Kelgusida gazeta ijodkorlari harbiy okrug sarhadi böylab sayohat qilib, qaynoq jarayon haqida rang-barang maqolalar tayyorlaşni maqsad qilişgan.
– Harbiy gazetamizni oddiy fuqarolar ham öqib, kuzatib borişlari mumkin, – deydi okrug Matbuot xizmati boşliği vazifasini bajaruvçi kapitan Ğayratjon Madrahimov. – Buning uçun gazetaga obuna bölişlari şart emas. Gazetani har bir sonini Markaziy harbiy okrug rasmiy sayti hamda telegram kanaliga joylab boramiz. Şuni alohida ta'kidlaş kerakki, okrugdagi Matbuot xizmati bölimi yaqinda taşkil etilganiga qaramasdan, oldinga dadil odimlayapmiz. Agentlik, Mudofaa vazirligi hamda Markaziy harbiy okrug rahbariyati bugungiday hamişa qöllab turadi degan umiddaman.
Ma'lumot uçun, Markaziy harbiy okrugining rasmiy veb-sayti: mho.sarhad.uz
Telegram kanali: @mho_sarhad
Play Market orqali saytni mobil ilovasini telefoningizga köçirib oling: mho.sarhad.uz
Markaziy harbiy okrug tarkibiga Jizzax, Samarqand hamda Navoiy viloyatlaridagi harbiy qismlar kiradi.
Reklama huquqi asosida











