Sumatra va Yava orollari sohillarida zilzila yuz berdi. AQŞ geologiya xizmatining xabar qilişiça, zilzila kuçi 6,9 ballga teng bölgan. Indoneziya meteorologiya xizmati Banten, Ğarbiy Yava, Lampung va Benkulu provinsiyalarida sunami xavfini e'lon qilgan.

Foto: AFP/Bay Ismoyo

Indoneziya meteorologiya xizmati yerosti silkinişini 7,4 ball deb baholagan va uning öçoği sohildan 10 km uzoqda bölganligini xabar qilgan.

Sohilböyi hududlardagi aholiga zudlik bilan dengiz sohilini tark etiş va tepaliklarga joylaşiş tavsiya etilgan.

Indoneziya poytaxti aholisi ham zilzilani his etgan.