Filippinning Iloilo şahri yaqinida kuçli musson şamoli natijasida uçta motorli kema ağdarilib ketdi va 11 kişi halok böldi. Bu haqda GMA News telekanali xabar berdi.

Avvalroq ikkita qayiq ağdarilib ketişi oqibatida 7 kişi halok bölgani xabar qilingandi.

Dastlabki ikki hodisa jami 51 yölovçi va ekipaj a'zolari bölgan Che-che va Keziah kemalari ağdarilib ketişi natijasida sodir böldi. Oqibatda 10 kişi halok bölgan.

Iloilo şahri kengaşi rahbari Donna Manoning ma'lum qilişiça, Che-che kemasi Iloilo şahridan Gimaras şahriga ketayotgan bölgan, Keziah esa qarama-qarşi yönalişda suzgan.