Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev mamlakatda Qurbon hayitini nişonlaş töğrisidagi hujjatga imzo qöydi. Unga muvofiq, Özbekiston musulmonlari idorasining 2019 yilda Qurbon hayitining birinçi kuni 11 avgust, yakşanba kuniga töğri kelişi haqida qabul qilgan qarori inobatga olingan.

«Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar Kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari Özbekiston faxriylarining ijtimoiy faoliyatini qöllab-quvvatlaş «Nuroniy» jamğarmasi, Fuqarolarning özini özi boşqariş organlari faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Respublika kengaşi va boşqa jamoat taşkilotlari bilan birgalikda Qurbon hayitining joylarda yuqori saviyada, xalqimizning milliy va diniy an'analariga mos ravişda ötişi uçun tegişli tadbirlarni amalga oşirsin», deyiladi hujjatda.