Rio-de-Janeyrodagi turmadan uzoq yillik jazoni ötayotgan narkobaron özining 19 yoşli qizi körinişida qoçişga urindi. Bu haqda Globo portali xabar berdi. 

42 yoşli gangster Klauvino da Silva 73 yillik qamoq jazosiga hukm qilingan bölib, u ötgan şanba kuni yoniga yaqinlari, jumladan qizi taşrif buyurganda qoçişga uringan. 

Da Silva qizi qiyofasiga kiriş uçun parik, lateks niqob va ayollar koftasidan foydalangan.

Biroq qöriqçilar jinoyatçini “Jyerisino” turmasidan çiqiş joyida xatti-harakatidagi şubhali belgilarni payqab uşlaşga muvaffaq bölişgan. Portal saytida joylaştirilgan videokadrlarda mahbusning nayrangi kamera oldida foş qilingan: “omadsiz” qoçoq dastlab parigini, söngra niqobni va koftani yeçgan va aslida kimligi ma'lum bölgan. 

Politsiya uşbu holat yuzasidan tergov olib bormoqda. Taxmin qilinişiça, jinoyatçining qoçişi uçun zarur buyumlarni turmaga uning yoniga kelganlar orasida bölgan va qöriqçilar tomonidan tintuv qilinmagan “homilador” ayol olib ötgan.