Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi QHTBT portalida ayrim qonun hujjatlariga özgartirişlar kiritiş töğrisidagi loyihani joylaştirdi, deb yozmoqda Norma.
«Axborotlaştiriş töğrisida»gi Qonunda «bloger» tuşunçasini quyidagi tarzda kengaytiriş taklif etilmoqda: xabar va materiallarni töplaş, tahlil qiliş, tahrirlaş, tayyorlaş va tarqatiş bilan şuğullanuvçi hamda ularni axborotdan foydalanuvçilar tomonidan, şu jumladan, muhokama qilişi uçun Internet jahon axborot tarmoğidagi öz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga joylaştiruvçi jismoniy şaxs.
Hozirda bloger – jamoatçilik-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boşqa tusdagi axborotlarni ulardan foydalanuvçilar tomonidan, şu jumladan, muhokama qilişi uçun Internet jahon axborot tarmoğidagi öz veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga joylaştiruvçi jismoniy şaxs.
Şuningdek blogerning huquqlarini aniq bayon etiş hamda u qonun hujjatlari bilan jurnalistlarga taqdim etilgan huquqlardan foydalanayotganini aniqlaştirib oliş taklif etilmoqda.
Ma'muriy javobgarlik töğrisidagi kodeksga jurnalistning qonuniy professional faoliyatiga tösqinlik qilganlik uçun jazo çoralari nazarda tutilgan moddani kiritiş taklif etilmoqda. Bunda uning söroviga axborotni (hujjatlarni) taqdim etmaslik, öz vaqtida taqdim etmaslik yoxud bila turib yolğon yoki notöğri axborot taqdim etiş, şuningdek jurnalistga tazyiq ötkaziş, uning professional faoliyatiga aralaşiş haqida söz bormoqda. Buning uçun fuqarolarga EKIHning 1 baravaridan 3 baravarigaça, mansabdor şaxslarga esa – 5 baravaridan 10 baravarigaça miqdorda jarima solinadi.
Loyiha özgartirilişi, unga qöşimça kiritilişi yoki rad etilişi mumkin.
Blogerlar huquqlarini qonun bilan mustahkamlaş rejalaştirilmoqda












