Bugungi kunda soliq idoralari va tadbirkorlar örtasida qonunni qöllaş yuzasidan özaro nizolar va tuşunmovçiliklar uçramoqda.
Kun.uz tahririyatiga tadbirkorlar tomonidan yöllanayotgan turli murojaatlar ham bu holatni yaqqol körsatib turibdi. Tadbirkorlar va soliq idoralari örtasidagi nizolar saytimizda jurnalistik suriştiruvlar asosida yoritib borilmoqda.
Tahririyatga şu mazmundagi navbatdagi murojaat Buxoro viloyati, Vobkent tumanida yaşovçi tadbirkor «Bukhara airways plus» MÇJ rahbari Sulton Sayfiyevdan kelib tuşdi.
Tadbirkor öz murojaatida Vobkent tumani davlat inspeksiyasi mansabdor şaxslari xatti-harakatlaridan noroziligi, öziga nisbatan nohaqliklar qilinayotganini ta'kidlagan.
Uşbu murojaatni joyida örganiş maqsadida Buxoroda bölib, tadbirkor bilan suhbatlaşdik va uning e'tirozlarini tingladik.

«Asosan aholiga aviaçiptalar sotiş va turizm xizmatlari bilan şuğullanamiz. 2010 yildan buyon faoliyat yuritib kelmoqdamiz. Köp yillik tajribamizdan kelib çiqib, Buxorodan Vladivostokka xalqaro charter reys qöyişni maqsad qildik. Çunki, bu yönalişga talab köp edi. Buning imkoniyatlarini örganib çiqdik. Vladivostokka bir neça marta borib keldim va oxiri maqsadimga erişdim. 2018 yil fevral oyida «Özbekiston havo yöllari» MAK bilan şartnoma tuzib, öşa yil 1 apreldan birinçi charter reysni amalga oşirdik. Bu jarayon ommaviy axborot vositalarida ham keng yoritildi. 2018 yil 1 apreldan 18 avgustga qadar 6 marta şunday charter reys amalga oşirildi. Uçta reysda zarar körgan bölsak, keyingi uçta reysda daromad oldik. Bu faoliyatni boşlaşdan avval biz soliq idorasi mutaxassislari bilan maslahatlaşganmiz. 2018 yil 1 aprelga qadar yagona soliq tölovçisi edik. Ular umumiy belgilangan soliq turiga ötişimizni tavsiya qilişdi va Soliq kodeksining 216-moddasini körsatişdi. Biz olgan foydamizdan 20 foiz qöşilgan qiymat soliğini (QQS) tölaganmiz. Tegişli tartibda hisobotlarni topşirib kelganmiz. Keyin Vobkent tumani davlat soliq inspeksiyasi tomonidan umumiy aylanma mablağdan 20 foiz QQS tölaş talab qilina boşlandi. Bu nohaqlik edi. Hozir nizo davom etmoqda», – deydi biz bilan suhbatda Sulton Sayfiyev.

Örganişimiz davomida masalaga oid hujjatlar bilan tanişib çiqdik.
Ma'lum bölişiça, kameral nazorat natijalari böyiça Buxoro viloyat davlat soliq boşqarmasi «Bukhara airways plus» MÇJga soliq tölovlari böyiça tafovut va xatoliklarni bartaraf etiş yuzasidan talabnoma kiritgan. Kameral nazorat natijasida tafovut 1 milliard 340 million 636 ming 200 sömligi aniqlangan va tadbirkorga şunça miqdorda soliq qarzi yuklangan.

Şundan söng, «Bukhara airways plus» MÇJ tomonidan Buxoro viloyat davlat soliq boşqarmasiga 2018 yil 16 noyabrda Soliq kodeksining 216-moddasiga köra, faoliyati qöşilgan qiymat soliğidan ozod etilgani va soliq qarzi yöqligi haqida bildirişnoma yuboriladi.

Xöş, Soliq kodeksining 216-moddasida özi nima deyilgan?
Soliq kodeksi, 216-modda – Xalqaro yönalişda taşişlarga soliq soliş
Xalqaro yönalişda taşişlar böyiça körsatiladigan quyidagi xizmatlarni realizatsiya qiliş oborotiga nol darajali stavka böyiça qöşilgan qiymat soliği solinadi:
tranzit yuklarni Özbekiston Respublikasi hududi böylab taşiş. Tranzit yuklarni taşiş jumlasiga yukning tranzitini amalga oşiriş uçun çet ellik şaxslar bilan töğridan-töğri tuzilgan şartnomalar yoki xalqaro (idoralararo) transport bitimlari hamda bojxona organlarining mazkur tranzit yuklar haqiqatda olib kirilgani va olib çiqilgani töğrisida belgilari mavjud bölgan taqdirda, Özbekiston Respublikasi hududi orqali çet el tranzit yuklarini taşiş va ularga xizmat körsatişga doir xizmatlar kiradi;
yölovçilar, bagajlar, yuklar va poçtani xalqaro yönalişda taşiş. Agar jönatiş punkti yoki tayin etilgan punkt Özbekiston Respublikasi hududidan taşqarida joylaşgan bölsa, taşişlar yagona xalqaro taşiş hujjatlari asosida rasmiylaştirilgan taqdirda, xalqaro yönalişlarda taşiş hisoblanadi.
Tadbirkor va soliq idorasi örtasidagi nizo aynan şu moddani talqin qiliş yuzasidan kelib çiqmoqda.
Mazkur nizo 2019 yil 26 mart kuni Vobkent tuman davlat soliq inpeksiyasi da'vosi bilan dastlab Peşku tumanlararo iqtisodiy sudida körib çiqiladi va tuman DSIning da'vosi rad etiladi.
Vobkent tuman DSIning apellyatsiya tartibida bergan şikoyati Buxoro viloyat iqtisodiy sudida körib çiqilib, birinçi instansiya sudining qarori bekor qilinadi va soliq idorasining da'vosi töliq qanoatlantiriladi.
Biroq, tadbirkor apellyatsiya instansiyasi ajrimidan norozi. Uning fikriça, fuqarolarga xalqaro yönalişlar böyiça aviaçipta sotgani uçun QQS belgilanmasligi lozim, butun dunyoda bunday amaliyot yöq, soliq idoralari tomonidan faoliyatiga nisbatan uşbu modda notöğri talqin qilinmoqda.
Sizningça uşbu vaziyatda kim haq? Tadbirkormi yoki soliq idorasi?
Ma'lum bölişiça, mazkur nizo ayni vaqtda tadbirkorning nazorat tartibida yöllagan şikoyatiga asosan Özbekiston Respublikasi Oliy sudida körib çiqiş uçun tayyorlanmoqda ekan. Yuqoridagi savolga Oliy sudning qarori qabul qilingandan söng batafsil javob olişimiz mumkin.
Voqealar rivojini kuzatişda davom etamiz.
Bardoşbek Samad öğli,
Kun.uz muxbiri.












