5 avgust kuni Toşkent metropolitenining «Paxtakor» va «Alişer Navoiy» bekatlari kesişmasi foyesida kiçik kutubxona taşkil etildi.
«Özbekiston temir yöllari» AJ axborot tahlil media markazi boş mutaxassisi Jamşid Şermetovning ma'lumot berişiça, kitobxonlar safini kengaytiriş va yölovçilarni mutolaaga keng jalb qiliş maqsadida joriy qilingan kutubxonaga har kuni 50 nafarga yaqin kişi taşrif buyurmoqda.


Kun.uz muxbiri xabar berişiça, özbek, rus va ingliz tillaridagi yuzdan ziyod turli badiiy adabiyotlar hamda jurnallar öquvçilar ixtiyoriga taqdim etilgan. Kitobxonlar uçun salqin içimlik va şirinliklar dökoni ham oçilgan.
Kutubxona ertalabki soat 06:00dan tungi soat 00:00gaça xizmat körsatyapti. Öquvçilar asosan kun örtasida, ya'ni tuşlik vaqtida köpçilikni taşkil etmoqda.


Toşkent metropoliteni tarixida ilk bor yölga qöyilgan uşbu tajriba ommada qiziqiş uyğotib, özini oqlasa, kelgusida boşqa bekatlarda ham xuddi şunday körinişdagi kutubxonalar taşkil qilinişi rejalaştirilgan.







