2019 yil 6 avgust kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar mamlakat ijtimoiy-siyosiy, sotsial-iqtisodiy hayotining turli sohalarida amalga oşirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta'minlaşga qaratilgan bir qator qonun loyihalarini muhokama qildilar.

Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunçilik palatasi matbuot xizmati xabariga köra, majlisda uy-joy mulkdorlari şirkatlarining huquqiy maqomini belgilaş, köp kvartirali uylar masalalaridagi davlat boşqaruvi va nazorati organlarining munosabatlarini tartibga soliş maqsadida işlab çiqilgan “Köp kvartirali uylarni boşqariş töğrisida”gi qonun loyihasining ikkinçi öqişdagi muhokamasi qizğin bahs-munozaralarga boy keçdi.

Mazkur qonun loyihasini maromiga yetkaziş jarayonida deputatlar tomonidan qator normalarning amaliyotda işlaşini örganiş böyiça yurtimizning barça hududlarida soha vakillari, şirkat rahbarlari va a'zolari, boşqaruv kompaniyalari xodimlari bilan uçraşuvlar ötkazildi. Mavjud holatlar örganildi, tegişli takliflar olindi. Ana şu takliflar asosida yanada takomillaştirilgan qonun loyihasi bilan köp kvartirali uylarni boşqariş usullariga aniqlik kiritildi.

Deputatlarning fikriça, qonun loyihasining qabul qilinişi sohada uçrayotgan köplab muammolarni bartaraf etişga, amaliyotda vujudga kelgan yana bir ötkir masala — noturar joy mulkdorlarining şirkat a'zosi hisoblanmasligiga barham beriladi, ularning huquq va majburiyatlari kengaytiriladi.