Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Donbassdagi vaziyat böyiça şoşilinç yiğiliş ötkazdi.
Xabar qilinişiça, şoşilinç yiğilişda boş ştab boşliği – Ukraina qurolli kuçlari boş qömondoni Ruslan Xomçak, prezident ofisi rahbarining örinbosari Ruslan Ryaboşapka, milliy xavfsizlik va mudofaa kengaşi kotibi Aleksandr Danilyuk hamda harbiy razvedka vakillari qatnaşgan.
Zelenskiy Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan bu masalada telefon orqali suhbatlaşganini ma'lum qildi.
"Bugun ertalab Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan gaplaşdim. Unga zudlik bilan qönğiroq qildim. Bu bizni tinçlikka yaqinlaştirmasligini aytdim", dedi u.
Ukraina prezidenti Rossiya rahbaridan "qotilliklarni töxtatiş uçun narigi tarafga ta'sir ötkaziş"ni söraganligini qöşimça qilgan.
Avvalroq Ukraina mudofaa vazirligi Donbassda 12 soat içida tört nafar ukrainalik harbiy halok bölganini ma'lum qilgandi.












