Vazirlar Mahkamasining “Xorazm milliy tabiat boğini taşkil qiliş töğrisida”gi qarori loyihasi muhokama uçun e'lon qilindi.
Hujjat “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar töğrisida”gi Özbekiston Respublikasining Qonuni talablarini bajariş, Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 3 fevraldagi “2018 yildagi investitsiyaviy va infratuzilmaviy loyihalar röyxatini tasdiqlaş töğrisida” PQ-3507-son qarori 7-ilovasining 80- va 146- bandlari ijrosini ta'minlaş, Amudaryo deltasida tabiiy töqay resurslarini muhofaza qiliş, qayta tiklaş, şuningdek Xorazm viloyatidagi çöl ekotizimlarini saqlaş va viloyatda ekoturizmni rivojlantiriş maqsadida qabul qilinadi.
Xorazm viloyati hokimligi va Özbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş davlat qömitasining Xorazm viloyatining Urganç, Xonqa, Xiva, Yangibozor va Hazorasp tumanlari hududida, davlat tabiatni muhofaza qiliş muassasasi şaklida, umumiy maydoni 21687,5 gektar bölgan Xorazm milliy tabiat boğini taşkil qiliş töğrisidagi taklifi qabul qilinadi.
Quyidagilar:
tabiat boğiga doimiy foydalanişga beriladigan yer uçastkalarining maydoni;
tabiat boğining qöriqxona, rekreatsiya va xöjalik maqsadida foydalaniş zonalari uçun ajratiladigan yer maydonlari;
tabiat boği xodimlarining çeklangan umumiy soni 38 nafar, şu jumladan boşqaruv xodimlari 6 nafardan iborat bölgan ijro etuvçi apparati tuzilmasi tasdiqlanadi.
Belgilanişiça:
tabiat boği Davlat ekologiya qömitasining yuritişida böladi;
tabiat boğini moliyalaştiriş Respublika davlat budjeti va qonunda ta'qiqlanmagan boşqa manbalardan amalga oşiriladi.
Xorazm viloyati hokimligi:
tabiat boği ijro etuvçi apparati uçun Urganç tumani, Tajriba stansiyasi mahallasi, Zilol köçasida yangi qurilgan binoga joylaştirişni;
tabiat boğiga ajratilgan yer uçastkalarida joylaşgan infratuzilma obektlarining keyinçalik tegişliligi va ulardan foydalaniş masalalari hal etilişini;
Özbekiston Respublikasi Yer resurslari, geodeziya, kartografiya va davlat kadastri davlat qömitasi bilan birgalikda belgilangan tartibda tabiat boği uçun yer uçastkalarini olib qöyiş va ajratiş materiallarini rasmiylaştirişni;
yer egalari, yerdan foydalanuvçilar va ijaraçilar böyiça, qöriqxona, rekreatsiya va xöjalik maqsadida va boşqa tarzda foydalaniş zonalari çegaralarini belgilaşni;
yer-kadastr hujjatlariga tegişli özgartirişlar kiritişni ta'minlaydi.












