Kiyev meri Vitaliy Kliçko 2020 yilga belgilangan mer lavozimi saylovlarida ikkinçi muddatga saylanişni rejalaştirmoqda.
“Men mer lavozimiga yana nomzodimni qöymoqçiman. Öylaymanki, kiyevliklar buni qilmasam meni tuşunmaydilar. Taslim böliş menga xos emas”, deb aytgan Kliçko Ukrainaning “Levyy bereg” naşriga intervyuda.
Ukrainada Kiyev, Lvov va boşqa şaharlar merlari lavozimlariga hamda şahar va qişloq kengaşlari deputatlari saylovlari 2020 yilning 25 oktyabrda bölib ötişi rejalaştirilgan.
Sobiq professional boksçi Kiyev meri lavozimini 2014 yil 5 iyundan beri egallab keladi.












