Kliçko bu haqda AFP agentligiga bergan, 8-oktabrda eʼlon qilingan intervyusida gapirgan.

«Şahrimizga hujumlar kuçayayotgani sababli har kuni vayron bölgan binolar, yaralangan va halok bölgan odamlar haqida yangi xabarlar kelmoqda. Bugun gap omon qoliş haqida ketmoqda», - degan mer.

Uning tavsiyasi, avvalo, Kiyevdan taşqarida vaqtinça yaşaş imkoniyati bor fuqarolarga qaratilgan.

Suv taʼminoti uzilişi yirik inqirozga olib kelişi mumkin

Kliçko Rossiya hujumlari oqibatida suv taʼminoti tizimi işdan çiqsa, poytaxtda keng kölamli inqiroz yuzaga kelişi mumkinligidan ogohlantirgan.

Şu bilan birga, u barça aholini şahardan çiqib ketişga çaqirmayotganini aytgan. Merning fikriça, Ukraina şaharlarining böşab qolişi Rossiya prezidenti Vladimir Putin manfaatlariga xizmat qiladi.

«Putin uçun eng yaxşi ssenariy - hammamiz ketib, böş şaharlarimiz va butun mamlakatimizni unga qoldirişimiz», - degan Kliçko.

Kiyev qişga qanday tayyorlanmoqda?

Merning maʼlum qilişiça, şahar maʼmuriyati qişga tayyorgarlik doirasida zaxira isitiş tizimlarini barpo etmoqda. Şuningdek, yonilği, oziq-ovqat va içimlik suvi zaxiralari töplanmoqda.

Biroq Kliçko tayyorgarlikning özi barça xavflarni bartaraf eta olmasligini taʼkidlagan. Uning sözlariga köra, havo hujumidan mudofaa tizimi zarbalarni qaytara olmasa, şahar oğir vaziyatga tuşib qolişi mumkin.

Hujumlar infratuzilmaga ham qaratilmoqda

DW xabariga köra, sentabrda Rossiyaning Kiyevga hujumlari kuçaygan. Oktabr boşida esa Dnipro daryosi orqali şaharning öng va çap sohillarini boğlaydigan köpriklarga ham zarbalar berilgan.

Hujum nişonlari orasida energetika, aloqa va temiryöl infratuzilmasi obyektlari ham bor.

Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy 3-oktabrda Rossiya havo hujumlari orqali aholini Kiyev va boşqa yirik şaharlarni tark etişga majburlaşga urinayotganini aytgan.