Pokiston hukumati mamlakat kinoteatrlarida hind filmlari namoyişini taqiqlaş niyatida ekanligini ma'lum qildi.

"Pokiston kinoteatrlarida heç qanday hind filmlari namoyiş etilmaydi", - dedi mamlakat boş vazirining axborot siyosati va radioeşittirişlar böyiça yordamçisi Firdus Aşik Avan. U hind madaniyatiga aloqador har qanday san'at taqiqlanişi ustida iş olib borilayotganini ma'lum qildi.

Islomobod Kaşmir atrofidagi vaziyat sababli Pokiston va Hindiston munosabatlari keskinlaşgani bois uşbu çoraga qöl urdi.

Uşbu haftada Hindiston hukumati Jammu va Kaşmir ştatining alohida maqomini bekor qildi. Bu Hindiston va Pokiston örtasidagi munosabatlarning keskinlaşişiga olib keldi. 

Kaşmir – aholisining asosiy qismini musulmonlar taşkil etuvçi hudud bölib, Hindiston va Pokiston örtasida bahsga sabab bölib keladi.