Respublika böyiça 8 950 ta iste'molçilarga texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar amalga oşirilib, 20 245 928 kVt.s. elektr energiyasi uçun ulardan  6 582 662 613.74 söm miqdorida pul mablağlari undirildi.

Elektr energiyasi iste'molçilari tomonidan quvvat koeffitsiyentining normativ qiymati ta'minlanmasligi oqibatida elektr energiyasini işlab çiqiş va iste'molçilarni tarmoğiga uzatişgaça bölgan energetika obektlari tarmoqlaridagi elektr energiyani uzatişdagi yöqolişlar me'yoridan ortib ketmoqda. Bu borada “Özenergoinspeksiya” avvalambor, hududlardagi iste'molçilar iştirokida öquv seminarlar taşkil etib, iste'molçilarni energetika sohasidagi bilimlarini oşiriş, ularga öz huquq va majburiyatlarini yana bir bor eslatiş, elektr energiyasini iqtisod qiliş usullari, energetika sohasidagi xavfsizlik texnikasi va reaktiv quvvatni kompensatsiya qilinmasligi oqibatida energetika tizimiga katta zarar yetkazilişi böyiça tuşuntirişlar olib bormoqda.

Bundan taşqari iste'molçilar tomonidan reaktiv quvvat kompensatsiya qilinmasligi oqibatida elektr tarmoqlarida qöşimça reaktiv yuklamalarni oqib ötişi va buning oqibatida elektr energiyasini iste'molçilarga yetkazib bergunga qadar bölgan tarmoqlarda kuçlanişlar me'yoridan pasayişiga olib kelmoqda. Bu öz-özidan elektr tarmoqlarini işonçliligi yöqolişi, tarmoqlardagi avariya holatlarini ortib ketişi, elektr tarmoqlarini ötkaziş qobiliyatini tuşib ketişiga olib keladi.

Bunday oqibatlarning oldini oliş maqsadida inspeksiya tomonidan şu yilning sönggi uç oyi davomida respublika böyiça 7 470 ta iste'molçilar bilan işlar taşkil etilib, ularning 1 821 tasi tomonidan reaktiv quvvatni kompensatsiya qiliş tadbirlari amalga oşirilgan. Buning natijasida elektr energiyasini uzatişdagi texnologik yöqolişlarni 1 970 134 kVt.s.ga kamaytirişga erişildi.

Şu bilan birga reaktiv quvvatni kompensatsiya işlarini yetarli darajada taşkil etmagan 223 ta iste'molçilar bilan olib borilgan tadbirlar natijasida 527 785 kVt.s. elektr energiyasini tejaşga erişildi.

Qiyoslaş uçun, uşbu elektr energiyasi Toşkent şahrining bir soatlik elektr energiyasi miqdorini taşkil etadi yoki bu miqdor bilan oddiy bir maktabgaça ta'lim muassasasini örtaça yarim yil ta'minlaş mumkin böladi.

Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018 yil 12 yanvardagi 22-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Elektr energiyasidan foydalaniş qoidalari” talablarini bajariş maqsadida iste'molçilar tomonidan hisob-kitob davrida elektr ta'minoti şartnomasida körsatilganiga nisbatan quvvat koeffitsiyentining amaldagi qiymatini pasaytirişga yöl qöyilganligi töğrisida “Özenergoinspeksiya”ning tasdiqlovidan söng “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ tomonidan reaktiv energiya örni yetarliça qoplanmagani hisobiga elektr energiyasi yöqolişi qiymatining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblarini amalga oşirilib va iste'molçilardan mablağlar undirib kelinmoqda.

Birgina şu yilning may oyida respublika böyiça 8 950 ta iste'molçilarga texnik-iqtisodiy hisob-kitoblar amalga oşirilib, 20 245 928 kVt.s. elektr energiyasi uçun 6 582 662 613.74 söm miqdorida pul mablağlari undirildi. (Masalan,"RootsBusiness" MÇJ - 72 325 845 söm, "Özkabel" OAJ QK- 13 570 007 söm, "Anglesey Food" IÇJ ŞQK - 20 620 307 söm, "Poytaxt Non" MÇJ -5 044 771 söm, “Zavod maxsus polimer” MÇJ ŞQK- 5 022 925 söm, DP LMZ - 24 473 809 söm.)

Inspeksiya öz vakolati doirasida Boş prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosi bilan birgalikda iste'molçilar tomonidan elektr energiyadan foydalanişlar böyiça ötkazgan örganişlari natijasida, şu kunga qadar 377 ta qoidabuzarliklar aniqlangan.Buning natijasida yetkazilgan zararlar böyiça 11 576 596 958 sömga qayta hisob-kitoblar amalga oşirilgan. Jumladan, Toşkent viloyatidagi iste'molçi "Xos ğişt zavodi" MÇJga 538 310 858.00 söm, Surxondaryo viloyatidagi "Döstlik Mega Biznes" MÇJga 117 336.00 söm, Buxoro viloyatidagi "Texstroy garant Buxara" MÇJga 166 415.28 söm, Qaşqadaryo viloyatidagi “Big Agro Legums” MÇJga 109 607 340.00 söm, Namangan viloyatidagi fuqaro N.Usmonovga qaraşli fermaga 143 782 097.00 söm, Andijon viloyatidagi “And PGS” XKga 150 308 787.00 söm, Navoiy viloyatidagi "Ne'mat Isanmurod" FXga 24 126 444.00 söm, Sirdaryo viloyatidagi Guliston şahar tibbiyot birlaşmasiga 109 274 920.00 söm qayta hisob-kitoblar amalga oşirildi.

Şu yilning iyul oyida Toşkent viloyatining Zangiota va Çirçiq tumanlarida örganiş ötkazilganda “Sardor Kapital Lyuks” MÇJ, yakka tartibdagi tadbirkor Usmanov Abdumalik Abdumutaloviç, 3 va 6-sonli Davlat notarial idorasi elektr tarmoğiga ruxsatsiz ulangani aniqlanib, bu iste'molçilar elektr tarmoğidan uzildi va qonuniy çoralar köriş uçun huquqni muhofaza qiliş organlariga hujjatlari topşirildi.