Özbekiston telekanalida «Munosabat» körsatuvining navbatdagi soni efirga uzatildi. 

Konstruktiv ruhda ötgan körsatuvning mazkur soni soğliqni saqlaş sohasidagi islohotlarda parlament va jamoatçilik örni masalasiga bağişlandi. Jumladan, unda «Adolat» sotsial demokratik partiyasi deputatlari sohadagi qonunçilikni takomillaştirişda partiya tomonidan qilinayotgan işlarga töxtalgan bölsa, ularga opponent sifatida qolgan tört partiya a'zolari tizimdagi muammolarga köproq töxtalişdi.

Körsatuv davomida Senator Maqsuda Vorisova (XDP) «Adolat» sotsial demokratik partiyasi deputatlariga ötgan uç yil davomida qabul qilingan qonun va qarorlar tibbiyot sohasidagi qanday özgarişlarga asos bölgani, sohaning birinçi böğinida nima yangilik qilingani va eng asosiysi, tibbiyotda xalq sezgan qanday işlar amalga oşirilgani borasida savol bilan murojaat qilgan. 

Maqsuda Vorisova - senator

Maqsuda Vorisovaning qöşimça qilişiça, uning özi ham şifokor va sohadagi özgarişlarni faqat peştaxtalarda özgargan yozuvlar, yuzlab qabul qilingan me'yoriy hujjatlarda köradi. Ammo tibbiyot xodimlari bu hujjatlarning qaysi birini ijro qilişni bilmaydi, çunki qabul qilinayotgan hujjatlar bir-birini inkor qiladi.

Şuhrat Yoqubov - «Adolat» sotsial demokratik partiyasi deputati

Savolga «Adolat» sotsial demokratik partiyasi deputati Şuhrat Yoqubov «Siz tibbiyot xodimiman, deyapsiz, lekin oxirgi paytda partiyaning işlari bilan bölib tibbiyotdan uzoqlaşib qolgan körinasiz. Sohaning birinçi böğinida katta özgarişlar kuzatilyapti», mazmunida javob bergan.

Berilgan javobdan qoniqmagan Maqsuda Vorisova şundan söng, tibbiyot sohasidagi bir qança muammolarni sanab ötgan. Jumladan, «Birlamçi tibbiy böğin deganda biz QVP va poliklinikalarni tuşunamiz. Şahar poliklinikasi va qişloq poliklinikasi örtasida farq juda katta. Şahar poliklinikasida tor mutaxassislik ön xil, nima uçun qişloqnikida beş xil?

Nima uçun qişloq poliklinikasida bitta patronaj xamşiraga 1500-1700 aholi töğri keladi-yu, şaharnikida 800 fuqaro töğri keladi, qani mantiq?

Soğliqni saqlaş vazirligi buyruği bilan qişloqlarda pediatr va ayollar maslahatçisi xonasi taşkil qilindi lekin ular şu paytgaça moliyalaştirilgani, kerakli ştat ajratilgani yöq.

Tibbiyotda hamon eski qolipda işlanyapti. Nom özgardi, peştaxtalarda yozuvlar özgardi, qişloq oilaviy poliklinikasi deyildi lekin işlaşga şaroit yöq. Buni sohaning içida yurgan inson biladi, deydi Senator Maqsuda Vorisova.