Maxsus kuçlar vakillari Qirğizistonning sobiq prezidenti Almazbek Atamboyevga qaraşli “Aprel” telekanali jurnalistlaridan telekanal binosini zudlik bilan tark etişlarini talab qildi. Bu haqda kanal boş muharriri Lena Neçayeva xabar qildi.

"Aprel" telekanali efiri 7 avgust – sobiq prezidentni qölga oliş uçun operatsiya ötkazilgan birinçi kunida bloklab qöyilgandi.

7 avgust keçki payt Qirğiziston maxsus xizmatlari Atamboyevni uning Qöy-Toş qişloğidagi qarorgohida qölga oliş böyiça amaliyotni boşlaşgan. Maxsus xizmatlar sobiq prezidentning tarafdorlariga maxsus vositalar qöllaşgan, Atamboyev tarafdorlari bunga javoban öq uzişgan.

8 avgust kuni Qirğizistonning sobiq prezidenti uzoq davom etgan muzokaralardan keyin kuç tuzilmalariga taslim bölgan. U maslahatçilari Farid Niyazov va Qunduz Joldubayeva hamrohligida Bişkekka olib ketilgan.