13 avgustda Rossiya mudofaa vaziri Sergey Şoyguning Kaliningraddan Moskvaga parvozi vaqtida samolyotiga NATOning F-18 qiruvçi samolyoti yaqinlaşdi. Qiruvçi vazir samolyotini kuzatib borgan Su-27 samolyotlari tomonidan siqib çiqarilgan.

Internetda F-18’ning Şoygu samolyotiga yaqinlaşişi videosi tarqaldi. Videoni ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilari joylaştirişgan.

Şoyguning samolyotidan olingan videoda samolyot tomon NATO qiruvçisi yaqinlaşayotganini köriş mumkin. Samolyot yoniga Su-27 uçib kelgaç, F-18 vazirning samolyotidan narilaşa boşlagan.

Ta'kidlanişiça, voqea Boltiq dengizi ustidagi neytral hudud ustida yuz bergan. Şoyguning samolyotini ikkita Su-27 kuzatib borgan.

Şoygu Kaliningradda işçi safar bilan bölgan va Naximov harbiy bilim yurti filiali tamal toşini qöyiş marosimida iştirok etgan.

2017 yil iyunda ham NATOning F-16 samolyoti Şoygu samolyotiga yaqinlaşgan. Öşanda NATO samolyoti Şoygu samolyotiga parallel ravişda bir neça ön metr nariroqda uçib borgan. Şunda ular orasiga Su-27 turib olgan. Rossiyalik uçuvçi samolyotini çayqatib, F-16 uçuvçisiga raketalari borligini körsatib qöygan. Şundan keyin NATO samolyoti çetga ketgan. Öşanda NATOda samolyot bortida Şoygu borligidan xabarlari bölmagani aytilgan.