Hindiston va Pokiston vakillari BMT Xavfsizlik kengaşining Jammu va Kaşmir ştati atrofidagi vaziyat böyiça yopiq maslahatlaşuvlarida iştirok etmaydilar. Maslahatlaşuvlar 16 avgustga belgilangan. Bu haqda Xavfsizlik kengaşida raislik qilayotgan Polşa doimiy vakolatxonasida xabar qilindi.
“Uçraşuv kengaşning yopiq maslahatlaşuvlari şaklida ötgani sababli bizda tegişli davlatlar vakillarini taklif qiliş amaliyoti yöq. Şu sababli, ertangi yiğilişda na Hindiston, na Pokiston vakillari iştirok etadi”, deyilgan xabarda.
Ta'kidlanişiça, uçraşuvda Xavfsizlik kengaşining 15 a'zosi vakillarigina iştirok etadi. Maslahatlaşuvlar Xitoy söroviga köra ötkazilmoqda.
Pokiston 5 avgustda Hindiston Jammu va Kaşmir ştati maqomini pasaytirganiga keskin munosabat bildirgan. Şundan keyin tomonlar çegaraga qöşinlar torta boşlagani xabar qilingan.
Ta'kidlaş joiz, ikki davlat Kaşmir uçun uç marta jang qilişiga töğri kelgan.












