Pxenyan Seul bilan muzokaralarni davom ettirmaydi, AQŞ va Janubiy Koreyaning hamkorlikdagi harbiy maşğulotlari sababli bundan "ma'no yöq", deyiladi KXDRning tinç yöl bilan birlaşiş qömitasi matbuot kotibi bayonotida.

"Hozirda tarixiy Pxanmunjom deklaratsiyasini amalga oşiriş boşi berk köçaga kirib qoldi va Şimol-Janub muloqoti uçun imkoniyat yöqqa çiqdi. Bu Janubiy Koreya rahbarining özboşimça harakatlari natijasidir", - deyiladi bayonotda.

"Janubiy Koreya hukumati KXDR-AQŞ bölajak muloqotlarining notinç suvlaridan ölja izlamoqda va hamkorlikdagi harbiy maşğulotlardan söng muloqot xuddi yil fasllari almaşganidek yana davom etişini orzu qilmoqda. Ular bu bema'ni istaklaridan voz keçişiga töğri keladi", - deya qayd etiladi bayonotda.

Unda şuningdek, Pxenyanning Janubiy Koreya hukumati bilan boşqa gaplaşadigan gapi yöqligi va muzokaralar stoliga aslo ötirmasligi aytiladi.

Pxanmunjom deklaratsiyasi Pxanmunjom çegara punktida Koreyalararo sammit yakunida imzolangandi. Unda tomonlar Koreya yarimorolida duşmanlikni töxtatiş va tinçlik şartnomasi tuziş majburiyatini olgan.