“Elbrus halqasi” xalqaro musobaqasida beşta davlatning harbiy xizmatçilari öta murakkab toğ şaroitida va çidab bölmas bosim ostida harakatlandi. Kabardin-Bolqordagi Elbrus çöqqisiga amalga oşirilgan marş esa haqiqiy harbiy alpinistlar nimaga qodir ekanligini körsatib berdi. 

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar departamenti xabariga köra, musobaqa iştirokçilari quyi harorat va çeklangan harakat kabi murakkab toğ şaroitida, önlab maxsus vazifalarni bajardilar.

Bellaşuv avvalida iştirokçilar ikki kun Elbrusni quyidagi yönalişlar böyiça piyoda zabt etiş bilan şuğullandi: Terskol çöqqisi (2462 m.) — Azau yalangligi (2356 m.) — Priyut-11 (4200 m.) — Elbrusning ğarbiy çöqqisi (5642 m.). 20 kilometrga yaqin marş davomida balandlikning umumiy özgarişi 2,2 kilometrga teng, relefi — örta murakkab.

Maxsus vazifalarni bajariş çoğida harbiy xizmatçilar “Azau — Priyut 11” yönalişi böyiça qurol-aslaha yordamida marş yurişni amalga oşirdi.

Ta'kidlaş kerakki, “Elbrus halqasi — 2019” xalqaro tanlovining final bosqiçida Özbekiston jamoasi birinçi bölib Elbrusni zabt etdi. Buning uçun jamoamizga 4 daqiqa-yu 25 soniya kerak böldi.

Musobaqada Rossiya, Hindiston, Marokaş, Qozoğiston va Özbekiston jamoalari özaro bellaşdi. 

Yakuniy natijalarga köra, Rossiya birinçi öringa (12 848 ball) munosib körilgan bölsa, ikkinçi örin Özbekiston (12 041 ball) jamoasiga nasib etdi. Kuçli uçlikdan Qozoğiston harbiy xizmatçilari joy oldi (11 672 ball).

Şuningdek, Özbekiston qöşin razvedkaçilari 5—15 avgust kunlari Hindistonning Radjastxan ştatidagi Jaysalmer poligonida ötkazilgan “Qöşin razvedkasi a'loçilari” tanlovida ham ikkinçi örinni qölga kiritdi.

Bellaşuv davomida Armaniston, Belarus, Hindiston, Qozoğiston, Xitoy, Rossiya, Sudan va Özbekiston qöşin razvedkaçilari özaro kuç sinaşdi.

Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati
Foto: Mudofaa vazirligi matbuot xizmati

Yakuniy natijalar:

1-örin — Hindiston razvedkaçilari guruhi;
2-örin — Özbekiston razvedkaçilari guruhi;
3-örin — Rossiya razvedkaçilari guruhi.

Eslatib ötamiz, ötgan yili ötkazilgan “Qöşin razvedkasi a'loçilari” tanlovida Özbekiston faxrli 3-örinni qölga kiritgan edi.