Rossiyalik tadbirkor, “Oneksim” guruhi egasi Mixail Proxorov öziga tegişli “Bruklin Nets” basketbol klubining 51 foiz aksiyasini Alibaba Group kompaniyasi ijroçi vitse-prezidenti Jo Tsayga sotiş böyiça kelişuvga erişdi.
Tsay Proxorovdan klubning 49 aksiyasini 2018 yilda sotib olgandi. Şu tariqa, u klubning yagona egasiga aylanadi.
Şuningdek, bitimga klub arenasi “Barklays-Tsentr” ham kirgan. Uşbu arena AQŞning maşhurligi böyiça 4-raqamli konsert zali hisoblanadi.
Bitim qiymati oçiqlanmagan, biroq Forbes naşrining baholaşiça, gap 3,3 mlrd dollar haqida ketayotgan bölişi mumkin. Bu qiymatdan klubning narxi 2,3 mlrd dollardan köproqni, arenaniki esa 1 mlrd dollarni taşkil qilişi mumkin.
Uşbu bitim nafaqat Milliy basketbol uyuşmasi, balki umuman sport tarixidagi rekord narxdagisi bölişi kutilmoqda.
Bu boradagi avvalgi rekord investor Devid Tepperga tegişli bölib, u 2018 yilda amerikança futbol klubi “Kerolayna Panters”ni 2,28 mlrd dollarga sotib olgan.
Tsay Kanada fuqarosi bölib, 1999 yilda Alibaba kompaniyasi hamasosçisiga aylangan va hozirda kompaniyaning direktorlar kengaşi tarkibiga kiradi hamda boş direktor Jyek Madan keyin ikkinçi yirik aksiyadori hisoblanadi. Uning boyligi 9,2 mlrd dollarga, Proxorovniki esa 9,8 mlrd dollarga baholanadi.
Proxorov “Bruklin Nets”ning 80 foiz aksiyasini 2010 yilda 220 mln dollarga sotib olgan. U şu tariqa Milliy basketbol uyuşmasi tarixidagi ilk xorijiy klub egasiga aylangan.






