Forbes’ning Rossiyada çop etiluvçi versiyasi tahririyati 15 ta yönaliş böyiça 2019 yilda Rossiya biznesidagi boş qahramonlarni ma'lum qildi.
Naşr yil tadbirkori sifatida “Oneksim” guruhi egasi Mixail Proxorovni e'tirof etgan. 54 yoşli milliarder joriy yil avgustida Alibaba Group asosçilaridan biri Jozef Tsayga “Bruklin Nets” basketbol klubi aksiyalari nazorat paketini 1,35 mlrd dollarga sotgan. 2018 yilda Tsay “Nets”ning 49 foiz aksiyasini 1 mlrd dollarga sotib olgandi. Proxorov basketbol klubining 80 foiz aksiyasi va Barclays Center stadionining 45 foiz aksiyasini 2009 yilda developer Bryus Retnerdan 223 mln dollarga sotib olgan. Tadbirkor bugungi kunda 9,8 mlrd dollarlik boylik bilan dunyoning eng badavlat kişilari reytingida 139-örinni, Rossiya reytingida esa 12-örinni egallamoqda.
Forbes “Lukoyl”ni yil kompaniyasi deb topgan.
Naşr talqiniga köra, yil investori RTP Ventures vençur jamğarmasi asosçisi Leonid Boguslavskiy böldi. U AQŞning Datadog kompaniyasi IPÖsidan 600 mln dollar işlab olgan.
Naşr “yil mojarosi” sifatida “Vostoçniy” bankidagi bahsni tanlagan. Uning oqibatida Baring Vostok jamğarmasi asosçisi bölgan AQŞ fuqarosi Maykl Kalvi uy qamoğiga olingan. Kalvi 2,5 mlrd rubllik mulkni öğirlaşda gumon qilinmoqda.
“Yil murosasi” sifatida rossiyalik milliarder Oleg Deripaskaning unga qaraşli En+ xoldingi aktivlarining AQŞ sanksiyalari ostidan çiqarilişi böyiça AQŞ moliya vazirligi bilan kelişa olgani e'tirof etilgan.
“Gazprom”ning yangi aksiyadorlari “yil jumboği” deb topilgan: joriy yilda kompaniya noma'lum xaridorlarga 326,8 mlrd rubllik 6,5 foiz aksiyasini sotgan.








