Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi öz rasmiy saytida hukumat xodimi va özini tadbirkor deb atagan fuqaro örtasida yuzaga kelgan tortişuv yuzasidan bayonot e'lon qildi.

Bayonotda “Facebook” ijtimoiy tarmoğidagi guruhlarda 2019 yil 16 avgust kuni Vazirlar Mahkamasi xodimi va özini tadbirkor, deb atagan fuqaro örtasida yuzaga kelgan tortişuv aks etgan video e'lon qilingani va muhokamalarga sabab bölgani qayd etilgan.

"Mazkur masala yuzasidan fuqaro bilan qöpol muomalada bölgan xodim ustidan xizmat tekşiruvi ötkazildi. Vazirlar Mahkamasi xodimi xizmat vazifasiga nomuvofiq, deb topildi va egallab turgan lavozimidan ozod qilindi", - deyiladi bayonotda.