Samarqand viloyat hokimi Erkinjon Turdimov Samarqand şahridagi Qorasuv massivida qurilgan uylar borasida fuqarolar bilan yiğiliş ötkazdi. Unda viloyat hokimi narxlar va uylarning oldi-sotdisidagi muammolar haqida fikrlarini bildirdi. Bu hududda qurilgan uylardan sotib olgan odamlar narxlarning kötarilib ketganidan norozi bölişgandi.

Turdimov uy sotib olişdagi kafillik haqida ham gapirdi: «Bitta uy sotib oliş uçun uçta kafilning nima keragi bor? Bitta kafilning özi böladi. Axir uyning özi kafil-ku», — dedi Turdimov «Agromir Buildings» quriliş korxonasi Qorasuvdagi uylarni sotib olayotganlardan uçta kafil talab qilgani haqidagi savolga javob berar ekan.

Viloyat hokimi Qorasuvdagi sportzalning yopiq turişi haqidagi e'tirozga javob berar ekan nafaqat bu hududdagi, balki viloyatning boşqa hududlaridagi sportzallarining oçiq turişi kerakligini aytdi: «Sportzallar doim oçiq turişi kerak. Axir ular odamlar uçun qurilgan. Hamma sportzallar öşa hududdagi fuqarolarga xizmat qilişi kerak», — deb Turdimovning sözlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Yiğiliş davomida Qorasuv massividan uy sotib olgan fuqarolarga narxlarning pasaymasligi mutaxassislar tomonidan tuşuntirib berildi.  Hokim bilan uçraşuvdan söng fuqarolar «Agromir Buildings» vakillari bilan ham suhbatlaşib olişdi.