Pokiston Hindiston bilan Kaşmir böyiça ziddiyatlar yuzasidan BMT xalqaro sudiga murojaat qilmoqçi. Bu haqda Pokiston içki işlar vaziri Şoh Mahmud Qurayşiy ma'lum qildi. 

“Pokiston masalaning barça huquqiy tomonlarini örganib, Kaşmir masalasi böyiça BMT xalqaro sudiga murojaat qilişga qaror qildi”, deb aytgan Qurayşiy Ary News telekanali bilan suhbatda. Uning ta'kidlaşiça, Pokiston hukumati yaqin orada bu masala böyiça öz pozitsiyasini batafsilroq tuşuntiradi.

Pokiston Hindiston 5 avgustda Jammu va Kaşmir ştatining alohida maqomini bekor qilganiga keskin munosabat bildirgan. Şundan keyin ikki tomon çegaraga qöşin torta boşlagani ma'lum qilingan.  

Britaniya Hindistonining musulmonlar yaşaydigan hududlari Pokiston davlatini taşkil etgandan keyin Jammu va Kaşmir ştati Hindistonning musulmonlar köpçilikni taşkil qiluvçi yagona ştati bölib qolayotgandi. U yerda ayirmaçilar harakat qilib, Hindiston Pokistonni ularni qöllab-quvvatlaşda ayblab keladi.