Toşkentda 31 oktabr-1 noyabr kunlari Şanxay hamkorlik taşkilotiga a'zo davlatlar boş vazirlarining uçraşuvi bölib ötadi. Bu haqda Rossiya taşqi işlar vaziri örinbosari Igor Morgulov ŞHTga a'zo davlatlar Milliy koordinatorlari kengaşi yiğilişida ma'lum qildi.
Morgulovning ta'kidlaşiça, yil oxirigaça taşqi işlar vazirlari örinbosarlari darajasida ŞHT faoliyatining xalqaro masalalari böyiça maslahatlaşuvlar ötkaziş rejalaştirilgan.
Morgulovning aytişiça, ŞHTni kengaytiriş mavzusi böyiça atrofliça suhbatlaşiş vaqti keldi. Bu masalalar Moskvada ötadigan navbatdagi maslahatlaşuvlar davomida muhokama qilinadi.












