Soğliqni saqlaş vazirligi 24 avgust kuni mamlakat böylab yirik ommaviy salomatlik tadbirlari taşkil etilişi töğrisida ma'lum qildi.
«Özbekistonda soğlom turmuş tarzi tarğibotiga alohida e'tibor qaratilmoqda. Prezidentning ötgan yil 18 dekabrdagi «Yuqumli bölmagan kasalliklarning profilaktikasini, soğlom turmuş tarzini qöllab-quvvatlaş va aholining jismoniy faolligi darajasini oşiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi qarori uşbu sa'y-harakatlarni yangi bosqiçga olib çiqiş imkonini bermoqda.
Şundan kelib çiqqan holda Soğliqni saqlaş vazirligi taşabbusi bilan Qoraqalpoğiston Respublikasi Vazirlar kengaşi, viloyatlar va Toşkent şahar hokimliklari, Jismoniy tarbiya va sport vazirligi, Içki işlar vazirligi, Xotin-qizlar qömitasi hamda Özbekiston Milliy teleradiokompaniya hamkorligida joriy yil 24 avgust, yakşanba kuni Mustaqilligimizning 28 yilligi munosabati bilan «Biz soğlom turmuş tarafdorimiz» şiori ostida ommaviy yuriş tadbirlari taşkil etilmoqda.
Soğliqni saqlaş vazirligi yurtdoşlarimizni poytaxtimiz va hududlarda taşkil etilayotgan yirik ommaviy yuriş tadbirlariga taklif etadi.
Soğlom va çiroyli hayot keçiriş uçun qanday holatda ham jismoniy faollikka vaqt ajratib turişni unutmang!», deyiladi Soğliqni saqlaş vazirligi Jamoatçilik bilan aloqalar bölimining telegramdagi kanali xabarida.












